Arxåologiya – ijtimoiy fanlar ichida ancha yosh hisoblansa-da, uning ildizlari juda uzoqdavrlarga borib taqaladi. Yozma manbalardan ma’lumki, mil. avv. VI asrda Yangi Bobil podshosi Nabonid (Nabunaid, Nabonagid, mil. avv. 555-538 yy.) saroy va ibodatxonalar poydevor qismida qadimgi podsholar tomonidan qoldirilgan yodgorlik yozuvlarini topish maqsadida qazuv ishlarini olib borgan. Ayni paytda Britaniya muzeyida Nabonid tomonidan topilgan yozuvli taxtacha saqlanmoqda.
“Arxåologiya”atamasinining o`zi ikkita yunon so`zidan iborat bo`lib, “arxayos”» - qadimgi va “logos” - fan - bilim ma`nosini anglatadi. Dastlab bu atamani qadimgi yunon faylasufi Platon (m.a. 427-347 yy) o`zining “Gippiy”diologida (“Katta Gippiy bilan suhbat”), qadim zamon haqidagi fanni nazarda tutib, juda kång ma`noda ishlatgan.