Amaliy Xorijiy til o‘rgatishdan asosiy maqsad – bo‘lg‘usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik hissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va ko‘nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar ilgari suriladi: – talabalarning nutqiy (o‘qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetentsiyalarini DTSi talablariga binoan rivojlantirish; – ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog‘liq mavzular yuzasidan og‘zaki va yozma ravishda bayon etish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; |
0
|
|