O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning bosh mezoni xalqimiz va yurtimiz manfaatlariga qaratilgan bo’lib mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va suverenitetini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini, salomatligini ta’minlash asosiy ustivor yo’nalishlar hisoblanadi.
Bugungi fan-texnika rivojlangan davr insonlarning hayotiy faoliyatlanda, turmush tarzida qator qulayliklarni vujudga keltirsada, to’satdan vujudga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatida ularning hayotiga turli xavflar tahdid solib turadi. Ayniqsa, har kun ommaviy axborot vositalari, matbuot nashrlari orqali insonlar va xalq xo’jaligi ob’ektlariga tabiiy ofatlar, texnogen tusdagi, transport vositalaridagi avariya va halokatlar, ijtimoiy favqulodda vaziyatlarning xavf solganligi, katta talofot etganligi to’g’risidagi falokat va fojealardan xabardor bo’lib turamiz.