Mazkur “Umumiy pedagogika” kursidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Republikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv majmualarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma” asosida yaratildi. Majmua pedagogikaning umumiy metodologik asoslari, didaktika – ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi, pedagogik innovatsion texnologiyalar, pedagogik mahorat, korrektsion pedagogikaga doir ko’plab materiallarni o’z ichiga oladi. Majmua mazmuni, nazariy mavzularini yoritishda o’zbek va jahon pedagoglarining ilmiy-pedagogik adabiyotlaridan samarali foydalanilgan.