Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Sattarov Karim Karshievich 13.01.2022-12:39:21

Muallif (lar): K. Sattarov
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 16
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc

Fanning ahamiyati. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda nafaqat ichki bozorda raqobatbardosh balki jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga asosiy ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2019 yil 29 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakat iqtisodiyoti uchun sohaga yangi mexanizmlarni joriy etgan holda mahalliy xom ashyolardan foydalanib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi.
Mazkur Qaror asosida hozirgi kunda Respublikamizda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 174 va oziq-ovqat sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 24 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, paxta va g‘allaga davlat buyurtmasidan voz kechilib, narx belgilash erkinlashtirildi. Mahsulot ishlab chiqarishda klaster tizimiga o‘tildi va ularning rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratildi. Joriy yilda tashkil qilingan 102 ta g‘allachilik klasteri fermerlarga namuna bo‘lib, olingan qo‘shimcha don hisobidan aholiga arzon go‘sht, baliq va parrandachilik mahsulotlari etkazib berishi maqsadga muvofiq. Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari turlari va hajmini kengaytirishda va bu sohalar uchun mutaxassislar tayyorlashda “Ixtisoslikka kirish” fani muhim o‘rin tutadi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Ixtisoslikka kirish(OOT)
 
Ko'rildi: 308     Ko'chirildi: 342


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz