Makaron mahsulotlari-un va suvdan, ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m beruvchi moddalar qo‘shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Namligi past (13%) bo‘lganligi bois xossalarini o‘zgartirmas- dan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli