Don-qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining muhim mahsuloti, inson oziqasining asosi, mahsuldor chorvachilikni rivojlantirish uchun yem-xashak bazasi hisoblanadi. Don ekinlarining o‘ziga xos tomoni-inson organizmi uchun o‘ta qimmatli organik moddalarni sintezlashdan iborat. Donda boshqa dehqonchilik mahsulotlariga qaraganda ko‘p miqdorda quruq moddalar mavjud boiib, yetilgan don massasining 85 % ini tashkil qiladi. Bular, asosan, yuqori qiymatga ega bo‘lgan oqsil moddalari, hazm bo‘ladigan uglevodlardir. Donli ekinlar doni tarkibida 10-15%, dukkakli ekinlar doni tarkibida 28-30% yuqori sifatli oqsil mavjud.