Guliston davlat universiteti (bundan buyon matnda Universitet deb yuritiladi)ning odob-axloq namunaviy qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi, "YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi va "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunlar, Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori, Vazirlar Maxkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli qaror va buyruqlari, universitetning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.