Talabalarning mustaqil ishi (TMI) – bu talabaning o‘ziga xos o‘quv faoliyati bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda TMI talabaning to‘la mustaqil faoliyati bilan birgalikda auditoriyadan tashqarida bajariladigan o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini (O‘RTMI) ham o‘z ichiga oladi.