Ushbu monografiyada quyosh issiqxonalarining tuzilishi ularning konstruksiyasi, ularda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlar xolati tahlil qilingan.Quyosh issiqxonalarini yarim silindir shaklidagi plyonkali shaffof to’siqlari orqali o’tayotgan to’g’ri quyosh nurlanishini xisoblashni o’rtacha integral uslubi, yarim silindir shaklidagi plyonkali shaffof to’siqlar orqali quyosh issiqxonasiga kirayotgan yig’indi quyosh nurlanishining o’rtacha kirish koeffisentini yillik o’zgarishi mazkur to’siqlarning dunyo tomonlariga nisbatan joylashishiga bog’liqligi , infraqizil nurlarni qisman o’tkazuvchi bir va ikki quyvatli plyonkali shaffof qoplamalarning issiqlik texnik tavsiflari, tushayotgan quyosh nurlanishi va atrof muxit haroratining har qanday o’zgarishlari va quyosh issiqxona tuprog’idagi qoldiq issiqlik energiyasini xisobga olgan holda uning ichidagi xavo va tuproq sirti xaroratlarini sutka davomida o’zgarishlarini hisoblash uchun ifodalar .Quyosh issiqxonalar tuprog’ida quyosh nurlanishining issiqligini tabiiy jamlanish koeffisentini kunlik o’zgarishi uchun ifodalar va mazkur turdagi issiqxona uchun qo’shimcha issiqlik jamlovchi qurilmalarni optimal xolatini aniqlash uchun hisobiy ifodalar, yarim silindir shaklidagi bir va ikki qatlamli plyonkali shaffof to’siqlar bilan quyosh issiqxonalarini real sharoitda issiqlik va temperaura rejimlari keltirilgan.
Mazkur monografiya Quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish soxasida shug’ullanuvchi ilmiy xodimlar,doktarantlar,OTM larning fizika kafedralari professor o’qituvchilari, fizika bakalavryat ta’lim yo’nalishi va magistratura talabalari foydalanishari uchun maqullangan.