Rafinatsiya deb yog’‘larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi. Oziq-ovqat sanoati yog’‘ va moylarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan yog’‘lar, sovun, glitserin, yog’‘ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to‘liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon moddalarni, erkin yog’‘ kislotalarini, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib olishni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo‘llaniladi, bu usullarning asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog’‘ kislotalarini yog’‘larni natriy tuzlari ko‘rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, gidratatsiya paytida ma’lum miqdorda erkin yog’‘ kislotalarning, neytralizatsiya vaqtida esa, yog’‘lar rangini ma’lum miqdorda kamayishini ko‘rsatish mumkin.