Yorma maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari don massasidan turli aralashmalarni va qobiqlarni ajratish orqali, ularning oziqaviylik qiymatini yaxshilab, osongina oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlashga olib kelishdan iboratdir. Yorma ishlab chiqarish korxonalarining farqli tomoni shundaki, ularda yorma olinadigan donlar xilma-xil bo’ladi hamda donni oqlash jarayonida unning mag’zini butunligicha saqlab qolishga xarakat qilinadi. Korxonaga yorma olish uchun qayta ishlashga kelib tushayotgan turli navlardagi donlar yormabop donlar deb ataladi, chunki ushbu ekinlarning asosiy kismidan yorma ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari yorma va yorma mahsulotlari suli, arpa, bug’doy, makkajo’xori, no’xat donlaridan ham ishlab chiqariladi.