«O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi» ni o’rganish, moyli xom ashyolarni qayta ishlashning rasional texnologiyasini va o’z navbatida moyning chiqishini ko’paytirish, sifatli shrot yoki kunjara olish bilan bir qatorda ulardagi biologik aktiv, foydali komponentlarning kam miqdorda yo’qolishini ta’minlash imkonini beradi. Bu texnologiya moyli urug’larning fiziologikbiokimyoviy xususiyatlari, ularni qayta ishlash yo’llari, turli faktorlarning urug’ komponentlariga va ularni qayta ishlash mahsulotlariga ta’siri tug’risida chuqur bilimga ega bo’lgandagina va texnologik jarayonlarni to’g’ri boshqara bilgandagina amalga oshirilishi mumkin.