Melioratsiyaga muhtoj yerlarni va ulardan samarali foydalanishni
o ‘rganishga qaratilgan ushbu darslikda har xil tabiiy va antropogen omillarni, yerlarning tuproq-meliorativ holatiga ta ’siri ilmiy-pedagogik asosda yoritilgan. Bundan tashqari darslikda talaba va mutaxassislarga zarur bo‘lgan tahlil namunalarini qayta ishlash, zaharli va zararli tuzlarga hisoblash kabilar berilgan. Darslik agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan b o ‘lib, undan tuproqshunoslik, agronomiya sohasida t a ’lim olayotganlar hamda qishloq va suv xo ‘jaligi mutaxasisslari ham foydalanishlari mumkin. |
0
|
|