Darslik “Tuproq målioratsiyasi va gidrologiyasi” fani dasturiga muvofiq
tuzilgan bo‘lib, O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘iga asosan 5141000-Tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi. Darslikda: fanning asoslari, tuproq suvining shakllari, sifati, bug‘lanish, sarflanish, qurg‘oqchilik va uning kelib chiqish sabablari, sug‘orish melioratsiyasi, tuproqning namlik rejimi, gidromodul rayonlashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish texnikasi, suv balansi, sug‘orish turlari va usullari, sug‘orishni rejalashtirish, sug‘orish texnikasi, tuproqlarning sho‘rlanishi va tuz to‘planish sabablari, zovurlar tiplari va ulardan foydalanish, yerlarni sho‘rlanishini va botqoqlanishini oldini olish hamda unga qarshi kurashish chora tadbirlari, qumlarni melioratsiya qilish va ulardan oqilona foydalanish, sho‘rlangan tuproqlar, ularning melioratsiyasi, tuproq meliorativ izlanishlar- melioratsiya qilinadigan maydonlarda tajriba o‘tkazish mavzulari yoritilgan. |
0
|
|