Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:10
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:10
Barcha foydalanuvchilar:1588

Muallif (lar): M. Tursunov
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 44
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): doc

Biologiya fan respublikada qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnologiya, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, boshlangʻich manba, dala ekinlari genofondi va uni qoʻllash, selektsiya uchun boshlangʻich manbani yaratish (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo), tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini hamda belgi va xususiyatlarning naslga oʻtish mexanizmini oʻrganishda talabalar biologiya qonunlarnini bilishi muxim ahamiyatga ega. “Biologiya ” fani tabiiy fanlar turkumiga kirib, u barcha agronomiya yoʻnalishlari, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, oʻsimliklarni himoya qilish, qishloq xoʻjalik ekinlari selektsiyasi va urugʻchiligi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, oʻrmonchilik, ipakchilik va tutchilik, mevachilik va uzumchilik, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish, oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish, agrobiotexnologiya, qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik kabi bakalavriyat ta’lim yoʻnalishida oʻqitiladi. Mazkur fan ushbu yoʻnalishlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va ularni oʻrganish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.
Fanni oʻqitishdan maqsad talabalarni organizmlarning biologik va genetik qonuniyatlariga oid bilimlar bilan ta’minlash, ushbu fan boʻyicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishdan iborat. Buning uchun talaba organizmning tuzilishi, organizmning koʻpayish turlari, hujayraviy tuzilish va ularning organoidlari hamda ularda boruvchi jarayonlar, genetik qonuniyatlar, duragaylash va chatishtirish turlari haqida tushunchaga ega boʻlishi kerak.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Biologiya(fakultetlararo)
 
Ko'rildi: 156     Ko'chirildi: 128


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz