Ushbu qo‘llanma tasviriy san’atning chizmatasvir yo‘nalishi bo‘yicha kechadigan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda chizmatasvir chizish uchun ishlatiladigan ashyolar, tasvirni qog‘ozga kompozitsiya asosida joylash, proportsiyalar, yorug‘ va soyalar, shuningdek, chizmatasvirda geometrik jismlar, gipsdan yasalgan odam bosh qismlari, natyurmort haqida zarur ma’lumotlar berilgan. Mazkur uslubiy qo‘llanma chizmatasvir fani o‘qitiladigan barcha o‘quv yurtlari va san’at maktablari o‘qituvchilari, talabalari, havaskor rassomlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.