Mazkur fanning ma’ruzalari tarix fani metodoiogiyasi predmetiga bag‘ishlangan
bo‘lib, yigirmaga yaqin mavzularni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tarix fanining asosiy xususiyatlari ochib beriladi, tarixiy bilishning metodologik kategoriyalari ko‘rsatib beriladi, tarixiy raanba, tarixiy dalil, tarixiy davr qonuniyatlari tahlil etiladi. Tarix fanining tadqiqot uslublari va tamoyiilari, fanlararo yondashuv tamoyiliariga alohida e’tibor qaratilgan. Nazariy bilimlar so‘nggida tarixiy tadqiqotlar bosqichlari, tushuntirish muammolari va tarixiy tavsiflash masalalariga ham to`xtalib o‘tiladi. 0 ‘quv qo‘llanmadan tarix mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavriatura va magistratura talabalari «Tarix fani metodologiyasi», «Tarix fan i^ n g nazariy masalalari» kabi fanlarni o‘qishda, shuningdek, tadqiqotchilar va tarixchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin. |
0
|
|