inson resurslarini boshqarishning asoslari, inson resurslarini boshqarish konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishi, tashkilotning inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari, ish joyida xodimlarni kasbiy moslashtirishning shakllanish tizimlari, tashkilotda inson resurslaridan foydalanishni tashkiliy boshqarish, tashkilotda inson resurslaridan foydalanishni rejalashtirish, inson resurslaridan samarali foydalanishni hisoblash va boshharish, inson resurslarini sifat jihatidan boshqarish, xodimlarni ishga yollash, foydalanish ¸va ishdan bo‘shatishni shartnomaviy tartibga solish, xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va lavozimlarga biriktirish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalarining asosiy tamoyillari hamda mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik mexanizmlarining nazariy-amaliy tomonlarini o‘rganish va tadqiq etish masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida «Êàdrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq inson resurslarini boshqarish sohasida bir qator yangi talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarni muvaffaqiyatli àmalga îshirish hudular, korxona va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiini ta’minlaydi. Darslik 5231600 – Ìåhnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi va 5231700 – Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichi hamda 5À230110 – Demografiya. Ìåhnat iqtisodiyoti va 5À231701 – Kadrlar menejmenti magistratura mutaxassisliklari talabalariga, shuningdek, inson resurslarini boshqarish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodilar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohag