O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qudratli mustaqil davlatga aylanishi esa bozor iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan, eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, ya’ni iqtisodiy tizimga o’tish bo’lsa, ikkinchi tomondan- mamlakatni og’ir iqitsodiy ahvoldan olib chiqish, iqtisodiyotga yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlarni baxsh etish va biznes asoslarini yaratish bilan amal qilinadi