Darslikda «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanining muhim masalalari, o‘qitishning interfaol va zamonaviy pedagogik uslublariga asoslangan holda qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. Darslikda jahon iqtisodiyotining negi- zi hisoblangan xalqaro mehnat taqsimoti, jahon xo‘jalik tizimining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari, iqtisodiy qonuniyatlari, iqtisodiy markazlari, makroiqtiso- diy rivojlanish modellari tahlil qilingan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asoslari, xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati, xalqaro valyuta-kre- dit va moliya munosabatlari va xalqaro iqtisodiy integratsiyaning nazariy va ama- liy masalalarining mohiyati ochib berilgan. Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan bakalavr, magistrantlariga, katta ilmiy xodim, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.