“Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fanidan tuzilgan ushbu o’quv-uslubiy majmua ta’lim jarayonida zarur bo’ladigan barcha o’quv-uslubiy va didaktik materiallar hamda fan yuzasidan tuzilgan namunaviy me’yoriy hujjatlar majmuini o’z ichiga olgan. Jumladan, unda asosiy va qo’shimcha adabiyotlar, ma’ruza matnlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shuningdek mashqlar mavjud. Majmuaga talabalarning bilimini baholashning turli usullari uchun (test, og’zaki, yozma) savollar to’plami kiritilgan. Majmua “Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fanidan ma’ruza va labaratoriya mashg’ulotlar olib boruvchi o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ta’lim jarayonini olib borishda u asosiy o’quv-uslubiy tayanch hisoblanadi.