Ma‘lumki, mamlakatimizda 2017-20121 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, korxonalarning raqobatdoshligini kuchaytirish maqsadida biznes siyosatini yuritish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlar sinfini yanada rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shuningdek, “Raqobat strategiyasi” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.