- Mazkur fan bo‘yicha talabalar dastlab tasavvuf tarixi va nazariyasiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manbai va manbalari hisoblangan Qur’oni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishlari masalaning mohiyatiga etishga yordam beradi. Tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavviflarning manqabaviy hayot yo‘li va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak bo‘ladi. Bulardan tashkari, badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy va tasavvufiy g‘oya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar ma’nolari haqida bilimga ega bo‘lishi;