Jadidchilik Turkistonda X1X asrning oxirida maydonga keldi, XX asr boshlarida shakllandi. 1917 yili bolsheviklar to‘ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o‘rnatilgunga qadar o‘z mavqei va yo‘nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. U ijtimoiy turmushnibarcha jabhalarini qamrab olgan edi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo‘qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan bo‘lsin. Jadidlar siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilish boshlandi. Milliy matbuot yo‘lga qo‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir so‘z bilan aytganda yangi tafakkur maydoni keldi. Bu millatning o‘zligini anglash va mustaqillik mafkura edi. Bu, shubhasiz, millatni keyingi 3-4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko‘rilmagan hol edi. Unnig hayotda uzoq turg‘unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi.