“O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” fani talabalarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy metodlari to‘g‘risida bilim berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisining kasbiy faoliyatiga doir dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar asosida mazkur fanni zamon talablari darajasida o‘qitishning samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirishini ta’minlash, xullas, respublika ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Adabiyotni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha talabalarga ta’lim bosqichlarida olib boriladigan ilmiy-metodik hamda pedagogik ishlarning turlari, dars turlari, badiiy asarni tahlil qilishga oid metodik yondashuvlar, yetakchi tamoyillar, shuningdek, bo‘lg‘usi adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantiris, milliy adabiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan eng so‘nggi yutuqlar samarasi o‘laroq o‘qitish tizimining jahon ta’limi jarayonlari bilan hamqadam borayotganligini ko‘rsatish, adabiyot o‘qitishning turli zamonaviy metod va usullaridan foydalanish tizimi tavsiya etiladi.