“O‘zbek qissachiligi tarixi” fani ham adabiyot tarixi, ham adabiyot nazariyasi, ham adabiy tanqidning yakunlovchi bosqichi. Mazkur fan bevosita adabiy jarayondagi yangilanishlardan talabalarni xabardor qilishi bilan birga ularni baholashga o‘rgatadi. Amaliy jihatdan esa talaba adabiy jarayonning ishtirokchisiga aylanishi ham mumkin. «O‘zbek qissachiligi tarixi» fani nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotida kechayotgan yangilanishlar bilan ham talabani boxabar qiladi. Fan ana shunday masalalari bilan dolzarblik kasb etadi.
“O‘zbek qissachiligi tarixi” fani talabani faol kitobxonlikka, badiiy asarni tahlil qila olish malakasini hosil qilishga, adabiy jarayonda faol qatnashayotgan ijodkorlar to‘g‘risida yaxlit tasavvur berishi jihatidan ahamiyatli sanaladi