Mazkur ma’ruzalar matni 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 1-martdagi 107-sonli “Yangi o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tayyorlangan.
Istiqlol davriga kelib, badiiy adabiyotni, jumladan, she’riyatni o‘z aslicha, ya’ni asrlardan beri to‘planib kelingan tajriba asosida inson ruhiy olamining badiiy tarixi sifatida o‘rganish va talqin qilish imkoniyati tug‘ildi. 70 yil mobaynida sharqona ilmi uchlikni chuqur o‘rganish chandon susayib ketgan edi. Ayniqsa, ilmi badoe’siz she’riyatning na balog‘ati (so‘z), na fasohati (sintaksis) badiiy idrok qilinadi. «She’r poetikasi» kursi she’r ta’limi bo‘yicha bugungi kun ehtiyoj va talabiga imkon qadar amaliy javob bo‘lishi mumkin.. |
0
|
|