“Nazariy poetika” fani adabiyotning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o`rni, adabiyotning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, adabiyotning turli fanlar va san’atning boshqa turlaridan farqi, adabiy turlar va janrlar, ijodkorlarning o`ziga xos uslubi kabilar to`g`risida ma’lumot beradi.
“Nazariy poetika” fanining ahamiyati ijtimoiy hayot va adabiyotni tushunish, badiiy asarlar estetik darajasini aniqlash, adabiy qahramon va real hayot kishisi o`rtasidagi farqlarni ajratish kabilar bilan belgilandi. Talabalar bu fanni o`rganish orqali adabiyot tarixi, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, badiiy asarning tarkibiy qismlari, adabiy tur va janrlar, adabiyot va ijtimoiy hayot, ijodiy uslublar, ijodkor uslubi va badiiy obraz, adabiy qahramon, badiiy san’atlar kabilar to`g`risida ma’lumotga ega bo`ladilar. Ushbu fan doirasida adabiyotshunoslikdagi ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari jalb qilinadi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda ushbu fan yoshlarni mustaqil fikrlashga o`rgatadi va barcha tahlil jarayonlariga ijodiy yondashishni shakllantirishga yordam beradi. |
0
|
|