Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Ra`no Suleymanova Do`sbekovna 01.08.2021-20:01:44

Muallif (lar): Suleymanova R
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 134
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): PDF

Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish
uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat
qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha
insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi
malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror
kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning
malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq
qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqat nerv tizimsining tuzilishi va
funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va
fiziologik sifatlari singari umumiy genetiga qonunlariga bo‘ysunish farazining
haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi
g‘oyasi qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi,
chunki unda dalilga muhtoj juda ko‘p o‘rinlar mavjuddir. SHuning uchun qobiliyat
tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan -naslga o‘tishidan
qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy tarixiy qonunlar
bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatining taraqqiyoti biologik irsiyat
qonunlariga bo‘ysunishi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. YUqoridagi
mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar muayyantabiiy zaminga
bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki insoniyat tarixiy
taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning
namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish davomida
ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol us ullariga
bevosita bog‘liqdir. SHuning uchun qobiliyatlar taraqqiyotining uzluksiz ta’lim
tizimiga bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tish muhimahamiyatga ega.
Ko'chirish: Maqola.pdf 3.0 Mb

--------Qr Code--------

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Pedagogika nazariyasi va tarixi
 
Ko'rildi: 278     Ko'chirildi: 403


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz