Aqliy tarbiya Ð shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti toÔgÔrisidagi
bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yoÔnaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. Axloq (lot. ÇmoralisÈ Ð xulq-atvor) Ð ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur boÔlgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yigÔindisi. Axloqiy ong Ð shaxsga axloqiy meyorlar va xulq-atvor qoidalari toÔgÔrisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli. Axloqiy tarbiya Ð muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur boÔlgan tartib, odob, oÔzaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini bolalar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat koÔnikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yoÔnaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. |
0
|
|