Odamlarning oÔquv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi oÔziga xoslikni tushuntirish
uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, oÔsha insonning oÔzi ham qilgan har bir harakatidan oÔzi uchun naf koÔradi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, koÔnikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bogÔliq. Ayniqsa, biror kasbning egasi boÔlish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis boÔlib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada koÔproq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bogÔlab oÔrganiladi. Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqat nerv tizimsining tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va fiziologik sifatlari singari umumiy genetiga qonunlariga boÔysunish farazining haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari toÔgÔrisidagi gÔoyasi qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi, chunki unda dalilga muhtoj juda koÔp oÔrinlar mavjuddir. SHuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan -naslga oÔtishidan qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatining taraqqiyoti biologik irsiyat qonunlariga boÔysunishi toÔgÔrisida gap boÔlishi mumkin emas. YUqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar muayyantabiiy zaminga bogÔliq boÔlsa-da, lekin ular faqat tabiatning inÕomi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namoyon boÔlishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va koÔnikmalarni tarkib toptirishning yaqqol us ullariga bevosita bogÔliqdir. SHuning uchun qobiliyatlar taraqqiyotining uzluksiz taÕlim tizimiga bogÔliq ekanligi taÕkidlab oÔtish muhimahamiyatga ega. |
0
|
|