Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Sayyora Jonzoqova Anvarovna 31.07.2021-07:20:36

Muallif (lar): Xodjayev B.X - n.f.d, Kaldibekova A.S. - p.f.n.
Chiqarilgan yili: 2020
Resurs betlari soni: 12
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): PDF

Fanni o‘qitishdan maqsad – 5112100- texnologik ta’lim yo’nalishining bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik fanining nazariy-tarixiy asoslari va o`qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni talablari asosida ta`lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta`lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o`rgatish.
Fanning vazifasi
–talabalarni milliy va innovatsiyon pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga o’rgatish;
– o`quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o`quv-me`yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta`lim olganlikni tashxis etish qoninuyat va tamoyillari bilan tanishtirish;
--o`quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ish yo`nalishlari hamda rivojlanishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarni o`qitish va rivojlantirish mazmunini o`zlashtirish;
--milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirish;
--global doirada ta`lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo`nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o`ziga xosliklardagi umumiy ko`rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish;
- o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;
- talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin
- Umumiy pedagogika fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixologiyasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlarni bilishi kerak;
- ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o`quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo`yilgan zamonaviy talablar; ta`lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o`ziga xosliklari; yaxlit o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va o`ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo`nalishlari; pedagogik terminologiya haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishi kerak;

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Umumiy psixologiya(fakultetlararo)
 
Ko'rildi: 415     Ko'chirildi: 102


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz