Fanni o‘qitishdan maqsad – 5111100- musiqa yo’nalishining bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik fanining nazariy-tarixiy asoslari va o`qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni talablari asosida ta`lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta`lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o`rgatish.
Fanning vazifasi –talabalarni milliy va innovatsiyon pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga o’rgatish; – o`quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o`quv-me`yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta`lim olganlikni tashxis etish qoninuyat va tamoyillari bilan tanishtirish; --o`quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ish yo`nalishlari hamda rivojlanishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarni o`qitish va rivojlantirish mazmunini o`zlashtirish; --milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirish; --global doirada ta`lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo`nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o`ziga xosliklardagi umumiy ko`rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish; - o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish; - uyali telefonni dars davomida o‘chirish; - berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; - ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi; - darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart; - talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi; - talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin - Umumiy pedagogika fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixologiyasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlarni bilishi kerak; - ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o`quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo`yilgan zamonaviy talablar; ta`lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o`ziga xosliklari; yaxlit o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va o`ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo`nalishlari; pedagogik terminologiya haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishi kerak; |
0
|
|