Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:35
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:35
Barcha foydalanuvchilar:1588
avatar_rasm Sayyora Jonzoqova Anvarovna 30.07.2021-10:23:28

Muallif (lar): Xidirova N, Jonzoqova S
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 190
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): WORD

Mustaqillik barcha jabhalarda bo’lgani kabi xalq ta’limi sohasida ham katta o’zgarishlar yasadi. Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilish sifatini ta’minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o’quv dasturlari, o’quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta’lim standartlariga muvofiq holda ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Ta’lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o’qituvchi faoliyatiga bog’liqdir. O’qituvchi o’quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo’lgan yo’llarni, usul va uslublarni, ta’limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo’naltiradi.
Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o’zgarish sezilmaydi. Ushbu qo’llanmada pedagogika fanidan o’tiladigan mavzular bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari berilgan. Talaba har bir mavzu bo’yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi, internet tarmog’idan maqsadli foydalanishi va berilgan topshiriqlarning echimini belgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur. To’plamda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o’rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo’ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo’l-yo’riqlari ishlangan.
Majmua talabalarning pedagogika fanidan oladigan bilimlarini ko’nikma va malakaga aylantirish uchun, pedagogik kasb xususiyatlaridan voqif bo’lishlari hamda kafolatlangan natijaga erishishlariga hissa qo’shishga yo’naltirilgan va oliy o’quv yurtining barcha yo’nalishdagi talabalari uchun mo’ljallangan.
O’quv- uslubiy majmua oxirida yakuniy xulosalar, bilimini sinab ko’rish uchun nazorat savollari, tegishli adabiyotlar ro’yxati va fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar mavzulari keltirilgan.
O’quv- uslubiy majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga mualliflar o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet,
«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi.


Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Umumiy psixologiya va pedagogika
 
Ko'rildi: 196     Ko'chirildi: 60


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz