Ta’lim samaradorligini oshirish, “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonun talablarining bajarilishini ta’minlash masalalari hozirgi pedagogikaning oldida turgan vazifalardan biri hisoblanadi.
“Ta`lim to`g`risi”dagi Qonun talablarini amalga oshirish jarayoni, yangi o`quv dasturlari, o`quv rejalar, ta`lim standartlariga muvofiq holda ta`lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga bog’liq. Ta`lim tizimi oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o`qituvchi faoliyatiga bog`liqdir. O’qituvchi o’quvchilarning bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo’lgan yo’llarni usul va uslublarni, ta’limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini qo’laydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo’naltiradi. |
0
|
|