Pedagogika fani mustaqil O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya
tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga xos yo‘nalishlari ta’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O‘zbekiston Respublikasida ilmning ustuvor sohasi sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida Jahon va Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasavvuf ta’limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy asarlari, sharqona ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini o‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risda»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samaralinatijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning o‘quv-biluv faoliyatini liberallashtirish yo‘llari, ta’lim mazmunini tanlash va ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta’limi nazariyasi, ta’limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, ta’lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo‘ladi. |
0
|
|