Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

Xozir saytda
Xammasi:10
Foydalanuvchilar:0
Mehmonlar:10
Barcha foydalanuvchilar:1563
avatar_rasm Dilfuza Nosirova Saydullayevna 26.07.2021-14:35:43

Muallif (lar): Nosirova Dilfuza Saydullayevna
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 72
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): WORD

Keyingi yillarda psixologiya fanini o‘rganishda bo‘lgan qiziqish maktablar, professional kollejlar va oliy ta’lim muassasalarda ancha o‘sdi. Oliy pedagogik ma’lumot berish tizimida psixologiyani o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu tabiiy bir holdir, chunki K.D.Ushinskiyning haqli suratda qayd qilishicha, psixologiya pedagogikaga nisbatan “ boo‘qa hamma fanlar rasida birinchi o‘rinni egallaydi”. Psixologiyani bilish o‘qituvchiga pedagogik faoliyatning mohiyatini, qonunlarini, prinsiplarini va o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim hamda vatanparvarlik ruhida tarbiya berishning metodlarini chuqurroq tushunishida yordam beradi.
O‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda hal qiluvchi rolni o‘qituvchi, uning o‘z predmetiga doir bilimlari, bolalar jamoasiga rahbarlik qilishning uddasidan chiqishi, o‘z bilimlarini bera olishi va har bir o‘quvchi shaxsining tarkib topishiga bevosita ta’sir ko‘rsata olishi o‘ynaydi.
Biroq, maktab amaliy ishlari, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tajribasining ko‘rsatishicha, bolalar bilim kundalik ishlash malakasi va o‘quvlari, ulardagi yangi odam shaxsining ijobiy xislatlarini tarkib toptirish ishlari maktabda predmetlardan bilim olish va o‘qitish metodikasiga o‘rgatishga nisbatan ancha sekin amalga oshiriladi. Buni shu narsa bilan tushuntirish mumkinki, yosh o‘qituvchilar odam shaxsining ichki dunyosini, bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarini. O‘sib kelayotgan avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik asoslarini hali yaxshi bilmaydilar. Ammo shuning bilan birga o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya ishlari darajasini ko‘tarish va o‘quvchi yoshlarga g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, estetik hamda ahloqiy tarbiya berishda birlikni ta’minlash bolalik to‘g‘risidagi qonunlarni, har bir o‘quvchining fikr-hayollarini, umid-orzularini, o‘quvchi shaxsining tarkib topishi va taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilmasdan mumkin emas. Bu oliy ta’lim muassasalari ostonasidayoq bo‘lajak o‘qituvchilar zimmasiga o‘z predmetini chuqur o‘zlashtirishdan tashqari o‘quvchilar psixik faoliyatining yosh va individual xususiyatlarini bilishga o‘rganish, har bir o‘quvchining o‘qishdagiyutuqlari va shaxsning taraqqiyotini kuzatib borish hamda bulardan to‘g‘ri pedagogik xulosalar chiqarish vazifasini yuklaydi.
Seminar va amaliy mashg‘ulotlar odatda guruhlar bilan o‘tkaziladi. Seminar va amaliy mashg‘ulotlar rejasini tuzishda biz talabalarga maeruza kursining metodologik va nazariy tomonlarini mumkin qadar to‘laroq ochish, ilmiy adabiyot bilan mustaqil ishlay olishga o‘rganish, psixologik eksperiment metodikasi bilan tanishish, maktab o‘quvchilari shaxsining tarkib topishi va rivojlanishini kuzata bilish. Psixologik faktlarni sintez, analiz, qilish hamda to‘g‘ri pedagogik xulosalar chiqara bilishni o‘rganish imkonini yaratishga intildik.
Har bir seminar va amaliy mashg‘ulotlarning mazmuniga bevosita taalluqli bo‘lgan adabiyotlar ko‘rsatiladi. Seminar mashg‘ulotlarining rejasini va adabiyotlarini biz oldindan tavsiya qilamiz, chunki talabalar adabiyotlarni anchagina to‘laroq o‘rganib, seminarda so‘zga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rishlari kerak.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar psixologik fikr yuritishga, yangi faqat psixik faoliyat qonunlarinigina emas, balki bu qonunlarni bilishga asoslangan holda maktab o‘quvchisi shaxsining unday yoki bunday tarzda namoyon bo‘lishini to‘g‘ri tushuntirib berishni bilishi kerak. Maqsadlar va ulaga erishish vositalari, motivlar hamda ularning ahloqiy qimmati nuqtai nazaridan odamning ishlari va hatti- harakatlariga baho berishi kerak. Shuning uchun har bir mavzu bo‘yicha psixologik masalalar tanlangan. O‘rganilgan adabiyotlar bo‘yicha ko‘zda tutilgan mustaqil ishlar tavsiya etilgan, bajarilgan vazifalar bo‘yicha psixik protsesslar va maktab o‘quvchisi shaxsining xususiyatlarini o‘rganish hamda og‘zaki va yozma ishlar yoki dokladlar tuzish yuzasidan kuzatishlar va eksperimentlar o‘tkazish metodikasi tavsiya etilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar tematikasi umumiy psixologiya kursining dasturiga kiritilgan deyarli barcha qismlarini qamrab oladi. Tavsiya qilingan topshiriqlarning soni o‘quv rejada ko‘zda tutilgan vaqt doirasidan ortib qoladi. Bu esa o‘qituvchiga o‘zi ishlab turgan oliy ta’lim muassasalarida sharoitini hisobga olgan holda tegishli mavzu va topshiriqlarni tanlash imkonini beradi. Sharoitga qarab ba’zi ish formasi va metodi o‘zgartirilishi mumkin. Ayrim topshiriqlarning mazmuni o‘zgartirilishi yoki ularni boshqasi bilan almashtirilishi. Ba’zilarni esa talabalar mustaqil ish tariqasida topshirilishi ham mumkin.
Tavsiya etilayotgan amaliy mashg‘ulotlar oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarining talabalari hamda o‘z o‘qituvchilariga mo‘ljalanadi.




Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Umumiy psixologiya va pedagogika
 
Ko'rildi: 454     Ko'chirildi: 92


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz