Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Alim Shoev Xalmuratovich 23.07.2021-11:34:04

Muallif (lar): Shoev A.X.
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 17
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): A4

Hozirgi kunda butun dunyo olimlari uchun hozirgi zamon globalashuv nazariyalarini o’rganish, tahlil qilish va shu asosda strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Shu sababli “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining talabalarga o’rgatilishi dolzarb ahamiyatga ega. Ana shundan kelib chiqib ushbu masalalarni samarali hal qilish ko’p jihatdan iqtisodchilarning Global iqtisodiy rivojlanish, g’oyalar va ularning o’ziga xos hususiyatlarini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Bu esa, o’z navbatida, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog’liqdir.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanini talabalarga o’qitishning asosiy vazifalari talabalarni hozirgi kundagi zamonaviy kontseptsiya va g’oyalarning mazmuni-mohiyati, asosiy yo’nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Ushbu fanni o’rganish jarayonida o’qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar o’tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg’or pedagogik hamda axborot texnologiyalari qo’llaniladi.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani “Iqtisodiyot nazariyasi” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarning asosiy bilimlarini shakllantirish negizi hisoblanadi. Mazkur fan o’quv rejasidagi iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, iqtisodiy transformatsiya nazariyasi, ijtimoiy soha iqtisodiyoti, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, monetar siyosat, davlatning iqtisodiy siyosati va shu kabi bir qator fanlar bilan yaqin bog’langan bo’lib, o’zining predmetini o’rganishda yuqoridagi fanlar kategoriyalari, muammolari va yutuqlaridan foydalanadi.
Ushbu o’quv dasturida fanning mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillarini ochib beruvchi eng asosiy mavzular va muammolar o’z aksini topgan.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Global iqtisodiy rivojlanish
 
Ko'rildi: 259     Ko'chirildi: 4436


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz