Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan stragegiyamiz va Inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanokdi davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi, albatga. Ushbu o’quv dasturi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashda, tashqi iqtisodiy muhitni chuqur taxdil qilishda, iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganishda, shuningdek ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos jihatlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.