Sitologiya fani darslarida hujayra tuzilishi ularning shakllari kelib chiqishi organoidlarning vazifalarini o‘rganishda, fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaning oshirishda, talaba laboratoriya sharoitida tajribalar qo‘yish uchun turli organizmlardan kerakli organlarni ajratib olish texnologiyasi, oqsillarni, uglevodlarni aniqlash metodlari, yog‘larga xos sifat reak-siyalarini, vitamin va garmonlarni aniqlash, nuklein kislotalarni gidroliz qilish, ok-sidlanish-qaytarilish fermentlarining faolligini aniqlash malakalariga ega bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarini bajarish davomida talabalar kimyoviy jarayonlarni amalga oshirishga imkon beradigan jihozlar va vositalar bilan tanishib, ularning qanday maqsadlarda ishlatilishini bilib olishi zarur bo‘ladi.