Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta`lim yo‘nalishi talabalari uchun Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining Adabiyotshunoslikka kirish bo‘limidan tayyorlangan bo‘lib, auditoriyada o‘tiladigan o‘quv mashg’ulotlari (va’z, amaliy mashg’ulotlar), mustaqil ravishda o‘rganishga tavsiya qilingan mavzular, ulardagi ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan savollar ro‘yxatlari ham keltirilgan. Majmua oxirida yakuniy nazorat savollari berilgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) hamda O‘zbek tili va adabiyoti ta`lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.