Eramizdan avvalgi VI asrda mavjud bo’lgan Eron podsholigi (boshqacha aytganda, ahmoniylar podsholigi) Sharqdagi eng katta davlatlardan biri hisoblangan. Bu podsholikning asoschisi ahmoniylar sulolasidan chiqqan Kir II (Kayxusrav II) bo’lgan. U dastlab Eronning Janubiy G’arbidagi tog’lik rayonlardan birining hukmdori bo’lgan. Eramizdan avvalgi VI asr o’rtalaridan boshlab, o’z erlarini kengaytirishga kirishgan. Dastlab Midiya podsholigiga qarshi qo’zgolon ko’tarib, uni qahramonlikdan qutiltirgan va Eron hamda Midiya podshosi bo’lib olgan. So’ngra Bobil, O’rta er havzasidagi qator erlarni bosib olib, davlat chegarasini yanada kengaytirgan. Sharqiy chegaralarni ham kengaytirish niyati va rejalari uning vorislari tomonidan amalga oshirilgan. Doro I yurishlari natijasida bu podsholik chegarasi Orol dengizidan Hind okeanigacha, Kichik Osiyo va Misr erlaridan Xitoy chegaralarigacha borib etgan.