“Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari fanidan o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 18.08.2020 yil tasdiqlangan. “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari” fani namunaviy dasturi (¹ BD – 5140100- 3.04) asosida tayyorlangan. Oliy ta’lim muassasalarining 5112000 – “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishi blokida «Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari » fani o’tilishi rejalashtirilgan. Ushbu fan bo’yicha tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlarning deyarli hammasi rus tilida yozilgan bo’lib, ulardan foydalanishda talabalar qator qiyinchiliklarga duch keladilar, ayrim ilmiy atamalarni yaxshi tushunmaydilar.