Ushbu uslubiy majmua buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi eng muhim ma`lumotlar, uning asarlari poetikasi, shoir lirikasi, xususan, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi janrlarni sharhlab o‘qitish, Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsadi – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini filolog talabalarga ta`lim berish orqali ularni yuksak ma`naviyatli va keng ma`rifat sohibi etib tarbiyalashdir.