Mazkur o‘quv qoMlanma tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida
o‘qiyotgan talabalarga hamda shu sohaga aloqador bo‘lgan barcha mutaxassislarga mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmada tasviriy san’atning asoslaridan biri bo‘lgan plastik anatomiya fanining qisqacha vujudga kelish tarixi hamda inson skeleti, bosh suyagi va undagi muskullar haqida bayon etilgan. Xususan, odam bosh suyagi qismlarining nomlanishi va bo‘lajak rassom ijodkorlarning badiiy obraz yaratishlari uchun bosh qismidagi mimik muskullaming harakat holati haqida batafsil ma’lumot berilgan. |
0
|
|