Fanning maqsadi va vazifalari. ―Hayvonlar seleksiyasi‖ fanining asosiy
maqsadi – hozirgi kunda mavjud hayvon zotlarini sifat jihatdan yaxshilash va takomillashtirish, zamonaviy, sanoat asosidagi chorvachilik texnologiyasiga mos keladigan yangi, sermahsul zotlarni yaratish nazariyasi va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. ―Seleksiya‖ so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda ―tanlash‖ ma‘nosini anglatsada, uning mazmun-mohiyati faqatgina tanlash bilan chegaralanib qolmaydi. Hayvonlar seleksiyasi fanining vazifasi, sermahsul hayvonlar zotini yaratish, uy hayvonlari evolyutsiyasining qonuniyatlarini tadqiqot qilishdan iborat. Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish uchun zamon talablariga javob bera oladigan seleksiya ishlarining yangi, takomillashgan shakl va usullarini ishlab chiqish hayvonlar seleksiyasi oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Buning uchun: 1. Hayvonlarni kompleks belgilari asosida tanlash va bir-biriga har tomonlama mos keladigan urg‘ochi va erkak hayvonlarni saralash (juftlash); 2. Yosh mollarni maqsadli tarzda parvarishlash, katta yoshdagi hayvonlardan ratsional ravishda foydalanish; 3. Seleksiya ishlarining ob‘ekti hisoblangan hayvon zotlari va turlarining bioxilma-xilligini o‘rganish va saqlash; 4. Irsiy o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini tahlil qilish; 5. Hayvonlar fenotipining rivojlanishiga ichki va tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‘rganish talab etiladi. |
0
|
|