Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Asatullo Tashmuratov Nasibullayev 09.07.2021-11:52:29

Muallif (lar): Tashmuratov A.N., Nurmuxamedov A.A., Xamdamov M.B., Janko`rozov A.
Chiqarilgan yili: 2021
Resurs betlari soni: 146
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): word

“Yog` va moylarni tadqiq qilish usullari va ekspertizasi” fani moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlari texno-kimyoviy nazorat qilishda, hamda shu jarayonlarni optimal boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan maxsus tadqiqot usullari bilan tanishtiradi.
Ma’lumki, kimyo, farmasevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, ya’ni xom-ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulot sifatini baholash laboratoriyada amalga oshiriladi. Bunda qo’llaniladigan tadqiqot usullari qulay, sodda va tezkor bo’lishi, hamda texnologik jarayonni nazorat qilishga yordam beruvchi, asosiy sifat ko’rsatkichlarni aniqlovchi usullar bo’lishi kerak.
“Umumiy biokimyo”, “Yog’lar va moyli xomashyolar kimyosi” kurslarida talabalar o’sumliklar, xususan, moyli xomashyolar yoki moyli urug’lar kimyoviy tarkibi bilan tanishdilar. Shu fanlarning mantiqiy davomi sifatida moylar, ular tarkibidagi yo’ldosh moddalar sifat va miqdorini o’rganish, shu moddalarni aniqlashning zamonaviy usullarini bilishni taqozo qiladi. “Yog` va moylarni tadqiq qilish usullari va ekspertizasi” fani shu moyli xomashyolardan ajratib olingan moddalarning miqdor, sifat tarkibini o’rganishning nazariy va amaliy asoslarini o’rgatadi. U lipidlar kimyosini chuqurroq taxlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Qo’llanmada o’simlik moylarining fizik-kimyoviy tadqiqotida qo’llaniladigan usullarning amalda bajariladigan laboratoriya ishlaridan ayrimlari kiritilgan. Ushbu qo’llanmada amaliy ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan nazariy tushunchalar bayon etilgan.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Yogʼlar va moyli xom ashyolar kimyosi
 
Ko'rildi: 284     Ko'chirildi: 93


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz