Jismoniy madaniyat yo’nalishi uchun Odam anatomiyasi va fiziologiyasifani odam hujayrasi va to’qimasining tuzilishi, odamni kelib chiqishini va odam organizmi a’zolarini tuzilishi, shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlarini uzviyligini bir biriga bog’lab o‛rganadi.
Ammo, hamma talaba ham mashg’ulotlarni mustaqil bajarish uchun etarli malaka va ko’nikmalarga ega emas. Shuni nazarda tutib ularga yordam tariqasida ushbu ishchi daftar tuzildi. Ish daftarida namunaviy va ishchi dasturlarda berilgan laboratoriya mashg’ulotlari davomida bajarilishi lozim bo’lgan barcha ishlar kiritildi. Ish daftarida har bir talaba birinchi laboratoriya mashg’uloti o‛tkazishdan oldin tarqatilib, reyting nazorat rejasiga asosan belgilangan haftalarda tekshirilib, talaba bilimlarini aniqlab boriladi hamda nazorat ballari qo’yib boriladi. Daftarni to‛g’ri to‛ldirgan va muloqot paytida mavzuni qoniqarli, yaxshi va a’lo o‛zlashtirganligi isbotlangan talabalarga yakuniy baholash nazorat turiga kirishga ruxsat beriladi. Foydalanilgan ish daftari har bir talabaning o’zida qoldiriladi. |
0
|
|