Anatomiya - grekcha so‘z bo‘lib, kesish, bo‘lish degan ma’noni bildiradi.
Odam anatomiyasi a’zolaming tuzilishini, shaklini uning taraqqiyotiga, vazifasiga bog*lab o‘rganadigan tibbiyotning asosiy fani hisoblanadi. Bu fan har bir a’zoning jinsiy tafovutlarini, yosh- ga qarab o‘zgarishini, shuningdek, atrof-muhitning a’zolar tuzilishiga ta’sirini o‘rganadi. Moskva Universitetining professori Ye.O.Muxin (1766-1850) odam anatomiyasi fanining aha- miyatini quyidagicha ta’riflab: «Odam anatomiyasini bilmagan shifokor foydasizgina emas, balkim zararlidir», - degan edLr Anatomiyaning bitta bo‘limi bo‘lib hisoblangan taqqoslash anatomiyasi - filogenez a’zolar gu- ruhini, tana tuzilishini oddiy tuzilgan guruh va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan oliy guruhga mansub hayvonlarda taqqoslash asosida ish olib boradi. Ontogenez - homila hosil bo‘lib, uning tana a’zolari I rivojlana boshlagan davrdan qarilik davrigacha kuzatiladigan o‘zgarishlami o‘rganadi. Prenatal j! ontogenez bo‘limi a’zolar shakllangandan boshlab, tug‘ilishgacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlami ■ o‘rganadi. Prenatal ontogenez (homila taraqqiyoti) o‘z navbatida 2 davrga bo‘linadi. 2-oygacha bo‘lgan davr - embrional davr deyilib, 3-9-oylardagi davr fetal davr (fetus - homila) deyiladi. Homila tug‘ilgan daqiqalardan boshlab, yoshga qarab o‘zgarishini postnatal ontogenez bo‘limi j1: o‘rganadi. Odam tuzilishi va taraqqiyotini jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘lab o‘rganadigan bo‘limga antropogenez deyiladi. Homila hujayra, to‘qima va a’zolarining tug‘ilguncha ona qomida o‘sib taraqqiy etishini embriologiya fani, tug‘ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo‘lgan davrdagi j o‘zgarishni «yoshga doir» anatomiya o‘rganadi. |
0
|
|